Ekologik sanoat parklari loyihasi Samarqandda FEZ Urgutga strategik tashrif bilan davom etmoqda
- Islombek Rakhimov
- Mar 10
- 3 min read
Samarkand, Uzbekistan – February 10-14, 2025
– The Eco-Industrial Parks (EIP) Project, funded by the German Federal Ministry for Economic Cooperation and Development (BMZ) through German International Cooperation Society (GIZ) and implemented by the United Nations Industrial Development Organization (UNIDO), continues to make progress in Uzbekistan. A high-level mission to the Free Economic Zone (FEZ) Urgut took place from February 10 to 14, bringing together national and international experts to assess the advancements in EIP implementation and discuss the next steps for resource efficiency, circular economy practices, and renewable energy integration.
Samarqand, O‘zbekiston – 2025-yil 10–14-fevral– Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) orqali moliyalashtirilayotgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) tomonidan amalga oshirilayotgan Ekologik sanoat parklari (ESP) loyihasi O‘zbekistonda rivojlanishda davom etmoqda. 10–14-fevral kunlari Urgut Erkin iqtisodiy zonasi (FEZ) ga yuqori darajadagi tashrif amalga oshirildi. Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida ekologik sanoat parklarini rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, aylana iqtisodiyot tamoyillari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Missiyaga loyiha rahbari Tatyana Chernyavskaya, milliy loyiha koordinatori Oleg Rijichenko, shuningdek, xalqaro ekspertlar: Benoit Vuatelet (oqova suvlarni boshqarish), Branko Dunjic (ESP rivojlantirish), Dick van Beers (ESP konsepsiyasini rejalashtirish), Ivan Butuk (quyosh fotoelektr stansiyalarini baholash) yetakchilik qildi.Delegatsiya FEZ Urgut ma’muriyati va mahalliy korxonalar bilan uchrashib, sanoat simbiozi va barqaror rivojlanish bo‘yicha olib borilayotgan tashabbuslarni baholadi.
FEZ Urgutda ESPni rejalashtiruvini mustahkamlash
ESP Konsepsiyasini rejalashtirish bo‘yicha seminar missiyaning asosiy tadbirlaridan biri bo‘ldi. Xalqaro ekspertlar global ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashib, FEZ Urgutda ESP tamoyillarini joriy etish bo‘yicha maxsus yondashuvlarni muhokama qildilar. Muhokamalar FEZ Urgutning kelajakdagi rivojlanish rejalari va ESP yondashuvi asosida olib borildi.
GIZ va sanoat hamkorlari bilan hamkorlik
Missiyaning ikkinchi kuni GIZ vakillari – Beate Schoreit, Igor Eromenko va Elbek Shomuratovishtirokida ESP va Resurs samaradorligi va toza ishlab chiqarish (RECP) imkoniyatlari bo‘yicha koordinatsion uchrashuv o‘tkazildi. Unda ESP va RECP bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar baholandi hamda kelajakdagi harakatlar yo‘nalishlari FEZ ma’muriyati va xususiy sektor manfaatlari asosida belgilandi.
Yetakchi korxonalarga tashriflar
Missiya a’zolari FEZ Urgutda barqaror ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan tanishish maqsadida quyidagi sanoat korxonalariga tashrif buyurdi:
Asia Fiber – plastik chiqindilarni qayta ishlash zavodi. U yerda chiqindilarni boshqarish va aylana iqtisodiyot imkoniyatlari muhokama qilindi.
● Eco Life Fruits – quritilgan mevalarni ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan korxona. Tashrif chog‘ida resurslardan samarali foydalanish hamda ekologik toza qadoqlash texnologiyalari muhokama qilindi.
Korxonalar vakillari va FEZ Urgut rahbariyati ESP loyihasi iqtisodiy va ekologik rivojlanishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida o‘z qarashlarini bildirdi hamda barqaror sanoat rivoji bo‘yicha qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z kutganlarini ta’kidladilar.
Shuningdek, quyosh energetikasi imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus muhokamalar bo‘lib o‘tdi. FEZ Urgut hududida fotoelektr (PV) stansiyalarini o‘rnatish imkoniyati baholanib, quyosh energiyasini joriy etish uchun moliyaviy mexanizmlar taqdim etildi.
Oqova suvlarni tozalash va qayta ishlash imkoniyatlari
12-13-fevral kunlari ekspertlar oqova suvlarni tozalash va qayta ishlash imkoniyatlarini baholash maqsadida FEZ Urgutdagi suvdan ko‘p foydalanadigan korxonalarga tashrif buyurishdi. Ular samarali suv boshqaruv usullarini aniqlash va barqaror oqova suvlarni tozalash tizimlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdilar.
Missiya ishtirokchilarining fikrlari
Tatyana Chernyavskaya, UNIDO loyihasi rahbari:
"FEZ Urgutga tashrif bizning ekologik jihatdan barqaror sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan umumiy sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladi. Xalqaro tajriba va mahalliy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali biz O‘zbekistonda resurs samarador va barqaror sanoat kelajagini shakllantiryapmiz."
Beate Schoreit, GIZning O‘zbekistonda qishloq hududlarida barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishi rahbari:
"GIZ O‘zbekistonda ekologik sanoat parklari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi. Ushbu tashabbus nafaqat ekologik natijalarni yaxshilaydi, balki FEZ Urgutdagi biznes subyektlarining iqtisodiy barqarorligini ham kuchaytiradi."
Keyingi qadamlar
Missiya yakunlari bo‘yicha loyiha jamoasi FEZ Urgut ma’muriyati, mahalliy korxonalar va GIZbilan yaqindan hamkorlik qilib, muhokamalardan kelib chiqqan tavsiyalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
• sanoat simbiozi tashabbuslarini rivojlantirish,
• oqova suvlarni boshqarish tizimini takomillashtirish,
• energiyani tejash bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish,
• quyosh energiyasidan foydalanish uchun moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish.
UNIDO tomonidan Germaniya hukumati va GIZ ko‘magida amalga oshirilayotgan Ekologik sanoat parklari loyihasi O‘zbekistonda barqaror sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga sodiq bo‘lib qoladi. U ESP tamoyillarining iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish bilan birga atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish imkoniyatlarini namoyish etishini ko‘rsatmoqda.
Missiya natijalari va loyiha bo‘yicha yangiliklar bilan rasmiy veb-saytimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.