Seminar: “Oʻzbekistonda aylanma va «yashil» iqtisodiyot rivojida eko-sanoat zonalarining hissasi”
- Islombek Rakhimov
- May 16
- 1 min read
Updated: May 19
Oʻzbekiston barqaror rivojlanish yoʻlidan qat’iy bormoqda va «yashil» iqtisodiyotni davlat siyosatining strategik yoʻnalishi sifatida shakllantirmoqda. 2019–2030 yillarga moʻljallangan Yashil iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi va “Oʻzbekiston–2030” Davlat dasturi doirasida, Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan, mamlakatda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish tashabbuslari amalga oshirilmoqda, jumladan Eko-sanoat zonalari (ESZ) tashkil etish orqali.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 22-may kuni BMT Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (UNIDO), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti koʻmagida quyidagi mavzuda seminar oʻtkaziladi:
Seminarning Asosiy Mavzulari:
* ESZ’larning ekologik yuklamani kamaytirish va resurslardan samarali foydalanishga qoʻshgan hissasi;
* Sanoat zonalarining barqarorligini baholash vositalari (jumladan EQuIP metodikasi);
* Sanoat siyosati va “yashil” oʻsish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik;
* ESZ’larni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajriba;
* Sanoatda “yashil” transformatsiyani ragʻbatlantirish mexanizmlari;
* Oʻzbekistonda ESZ’larni joriy etishning huquqiy va institutsional jihatlari.
Ishtirok etishga taklif etilganlar: tegishli vazirlik va idoralar vakillari, sanoat zonalari rahbarlari, tadbirkorlar, ekspertlar, olimlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari.
Seminar ESZ’larning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, tajriba almashinuvi va ekologik barqaror iqtisodiyotga tezkor oʻtishni ta’minlaydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Dastur yuklab olish
Tadbirga roʻyxatdan oʻtish
📅 Sana: 22-may 2025-yil
📍 Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (https://maps.app.goo.gl/XLN1j67XQfvTZ67s6)
