top of page

“Sanoat sinergiyalarini aniqlash, ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida 2025-yil 20–21-may kunlari boʻlib oʻtadigan treningga taklif qilamiz.

  • Islombek Rakhimov
  • May 6
  • 1 min read

Updated: May 7

🏭 Ikki kunlik trening ishtirokchilarga Oʻzbekiston sanoat korxonalari va zonalarining samaradorligi, barqarorligi hamda raqobatbardoshligini oshirish uchun amaliy vositalar va xalqaro ilgʻor tajribalarni taqdim etadi.


♻️ Trening dasturi sinergiyaning asosiy turlarini qamrab oladi: resurslar va infratuzilmadan birgalikda foydalanish, yon mahsulotlar va chiqindilar almashinuvi, xizmat koʻrsatish va shahar-sanoat sinergiyalari.


Treningni BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) xalqaro ekspertlari Dik van Birz va Branko Dunjich olib boradilar.


Treningda ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan (saralash asosida).




🗓 Sana: 2025-yil 20–21-may

🕐 Vaqti: 09:00 – 16:30

🌐 Til: inglizcha/oʻzbekcha

📍 Joylashuv: U-Enter


Trening UNIDO tomonidan GIZ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "EIP Uzbekistan" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.


 
 
bottom of page