top of page

UNIDO O'zbekistonda Eko-sanoat parklarini targ'ib qilish maqsadida EcoExpo 2025 doirasida Media Brunch tashkil etadi

  • Writer: info7347922
    info7347922
  • Jun 30
  • 1 min read

Toshkent, O'zbekiston – 2025 yil 20 iyun


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda 2025-yil 20-iyun kuni Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan EcoExpo Central Asia 2025 doirasida Media Brunch va matbuot anjumanini tashkil etmoqda.


Mazkur tadbir UNIDO tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda Eko-sanoat parklarini joriy etish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Loyiha Germaniya Federal Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtiriladi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.


Media Brunch tadbirining maqsadi – O‘zbekistonda EIP loyihasining yutuqlari, natijalari va kelajakdagi rejalariga oid jamoatchilik xabardorligini oshirish va OAV vakillarini ushbu jarayonlarga jalb etishdir. Loyiha Urgut erkin iqtisodiy zonasi va Farg‘onadagi “Mexanik” kichik sanoat zonalarida eko-sanoat tamoyillarini joriy etish orqali barqaror sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.


Tadbirda davlat idoralari, sanoat zonalari ma’muriyatlari, xususiy sektor vakillari va xalqaro rivojlanish hamkorlari ishtirok etadi. UNIDO, GIZ va O‘zbekiston hukumati vakillari EIP’larning toza ishlab chiqarish, resurslardan samarali foydalanish va yashil iqtisodiy o‘sishga qanday hissa qo‘shayotganiga oid fikr-mulohazalarini bildirib o‘tadilar.


Tadbir davomida jurnalistlar va OAV vakillariga matbuot materiallari taqdim etiladi hamda manfaatdor tomonlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratiladi. Loyiha doirasida erishilgan yutuqlar, Resurs samaradorligi va toza ishlab chiqarish (RECP) baholash natijalari hamda pilot zonalardagi kelajakdagi investitsiya imkoniyatlari yoritiladi.


Media Contacts:

Baxtiyor Nuritdinov

UNIDO EIP O‘zbekiston loyihasi Milliy kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassisi

Mob: +998996000060


Tatyana Chernyavskaya

Loyiha rahbari UNIDO

 
 
bottom of page